Suriya prezidenti Başar Asad rafiqasi Asma Asad bir neça yil içidagi birinçi intervyusini Rossiya televideniyesiga berdi, deb xabar bermoqda "Vesti.Ru".
Asma Asad muxbir Anna Afanaseva bilan suhbatda ğarb OAV Suriyadagi voqealarni töliq hajmda yoritmayotgani va ba'zi narsalar haqida gapirmayotganini aytdi.
"Nimaga Zara qişloğidagi bolalar taqdiri Aylan va Omran bilan yuz bergan fojia kabi OAVda yoritilmadi? Ğarb OAV bu fojialar ularga töğri kelgani uçun unga e'tibor qaratişgan. Aynan Ğarb bu ixtilofda iştirok etayotgan bizning bolalarni ularning ota-onalari siyosiy qaraşlariga köra ajratdi", deb aytdi Asma Asad.
Asadning rafiqasi Aylan Omran kabi suriyalik bola bölganini aytdi. "Ularning barçasi – begunoh bolalar, ularning ölimi Suriya uçun yöqotişdir", deb qöşimça qildi Asad.
U şuningdek Halabdagi vaziyat haqidagi axborotga izoh berdi. "Aslida vaziyatning qançalik jiddiyligini ta'riflaş murakkabdir. Odamlarning köçib yurişi, oçarçilik, kasalliklar, azob-uqubatlar – bularning barçasi misli körilmagan musibatdir", deb aytmoqda Asad.
Asadning aytişiça, "ğarb OAVlari qoçqinlar va qurollangan guruhlar nazoratidagi hududlarda joylaşgan odamlarning qiyin ahvoligagina e'tibor qaratişni afzal köradi".
Uning tuşuntirişiça, köpçilik majburiy köçib ketgan odamlar Suriyaning qolgan hududida yaşamoqda va ular ham qolganlar kabi muhimdir.












