Iroq qurolli kuçlari bölinmalari Mösuldan 10 kilometr janubi-şarqdagi Hemdaniye tumaniga kirdi. Bu haqda harbiy harakatlar keçayotgan hududdagi manbasiga asoslangan holda Anadolu agentligi xabar berdi.

Hemdaniyeda IŞID jangarilari va iroqlik harbiylar örtasida janglar davom etmoqda. Şahar ustida tutunlar paydo bölgan.

Mösul yaqinidagi bu hududda avval xristianlar istiqomat qilgan. Bu hudud 2,5 yildan buyon terrorçilar qölida.

17 oktabrga ötar keçasi Iroq armiyasi kurdlar hamda AQŞ boşçiligidagi koalitsiya kuçlari bilan ittifoqçilikda Mösulni ozod etiş uçun hal qiluvçi harbiy harakatlarni boşladi. OAV ma'lumotlariga köra, harbiy amaliyotlarda jami 80 mingga yaqin kişi iştirok etmoqda, Mösulda esa 4500 nafarga yaqin jangari bor.