Iroq Kurdistonida mustaqillik böyiça referendum ötkazilgandan keyin Bağdod bu hudud ustidan nazoratni kuç bilan qaytarişga qaror qildi.
27 sentabrda Iroq parlamenti deputatlari Iroq boş vaziri Haydar al-Obodiyga Kurdistonning neft hududi hisoblanuvçi Kirkukka qöşinlar kiritiş huquqini berdi. Qöşinlar barça bahsli hududlarda 2014 yil 10 iyuldagi holatga mos ravişda joylaşişlari kerak.
Hukumat muxtoriyatdagi neft konlari ustidan nazoratni federal neft vazirligiga qaytarmoqçi.
Al-Obodiy parlament oldidagi çiqişida Bağdod Iroq Kurdistoni ustidan nazoratni kuç va konstitutsiya yordamida qaytarişiga va'da berdi.
“Bir vatanning öğlonlari orasida uruş bölmasligi kerak, biroq biz qonunni qabul qilamiz va siz öşanda körasizlar”, deb aytgan al-Obodiy.
Boş vazir kurdlarni referendum natijalarini bekor qilişga çaqirgan.
Öz navbatida viloyat gubernatori Najmiddin Karim kurd muxtoriyati xavfsizlik kuçlari Iroq armiyasiga bahsli neft tumaniga kirişiga yöl bermasligini aytgan.
“Armiya kelişiga hojat yöq. Biz bunga yöl qöymaymiz. Biz armiyaning Mösul, Havija, Ramadida bölganidagi pozitsiyasini yaxşi bilamiz. Biz Kirkukda xavfsizlik kuçlarimizga tayanamiz, ular orasida Peşmerga, Asaiş (xavfsizlik kuçlari), politsiya bor”, deb aytgan gubernator.
25 sentabrda ötgan referendumda Kurdistonning aksariyat aholisi mustaqillik uçun ovoz berdi. Ovoz berişning yakuniy natijalari 28 sentabrda e'lon qilinadi.












