Bugun Toşkent şahrida öz işini boşlagan Islom Hamkorlik Taşkilotiga a'zo mamlakatlar Taşqi işlar vazirlari kengaşining oçiliş marosimida iştirok etgan Özbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyev çiqiş qildi.

RIA Novosti agentligi xabariga köra, Özbekiston boş vaziri Yaqin Şarqda yadro qurolidan xoli hududni barpo etiş Islom Hamkorlik Taşkilotining ustuvor vazifalaridan biri bölişi lozimligini ta'kidlagan.

"Özbekiston oldida turgan yana bir muhim vazifa yadro qurolidan xoli hududlar geografiyasini kengaytirişdan iborat. Mamlakat Yaqin Şarqda yadrosiz hudud ğoyasini qöllab-quvvatlaydi", — deya qayd etdi Şavkat Mirziyoyev.

U IHT TIVKning yaqin bir yil içidagi ustuvor vazifalaridan biri ana şunday hududni barpo etiş bölişini alohida qayd etib ötdi.

Özbekiston rahbari mamlakat 1992 yilda yadro qurolini tarqatmaslik töğrisidagi şartnomaga qöşilgani, 1993 yilda Özbekiston tomonidan Markaziy Osiyoda yadrodan xoli hudud taşkil etiş taşabbusi bildirilgani haqida eslatib ötdi. Uning sözlariga köra, bu taşabbus 2006 yilda mintaqaning barça beşta respublikasi: Qozoğiston, Özbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va Qirğiziston tomonidan imzolanib, 2009 yildan kuçga kirgan Yadrodan xoli hudud tuziş haqidagi şartnomada va 2014 yilning 6 mayida Nyu-York şahrida BMT Xavfsizlik kengaşining 5 a'zosi yadro davlatlari — Buyuk Britaniya, Xitoy, Rossiya, AQŞ, Fransiya tomonidan imzolangan Markaziy Osiyodagi yadrodan xoli hudud haqidagi protokolda öz amaliyotini topgan. 

Şavkat Mirziyoyev Özbekistonning raislik davomidagi muhim vazifalari töğrisida sözlar ekan IHTga a'zo davlatlarning intellektual, ilmiy-texnik va texnologik salohiyatini mustahkamlaş va taraqqiy ettiriş, şuningdek, terrorizm va diniy ekstremizmga qarşi birlaşiş zaruriyatini ta'kidlab ötdi.

IHT TIVKning oçiliş marosimida, şuningdek, Özbekiston Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov ham nutq sözladi. Vazir Özbekiston TIVKning amaldagi raisi sifatida öz şeriklari bilan hamkorlikda IHT salohiyatini yanada kengaytiriş va hamkorlikning yangi istiqbollarini oçişga munosib hissa qöşiş hamda Taşkilot Nizomida belgilangan oliy maqsadlarni amalga oşirişga kömaklaşişga umid bildirdi. 

"Xavfsizlik masalasini hal etişda IHTga a'zo davlatlarning birdamligini ta'minlaş, ular örtasidagi kelişmovçiliklarni bartaraf etiş, terrorizm va ekstremizm mafkurasiga qarşi kuraşda ularning kuçlarini birlaştiriş muhim rol öynaydi", — ta'kidladi vazir.