19 oktabrda Toşkent şahrida Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasining VIII s'yezdi bölib ötdi. Unda Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridan saylangan 300 ga yaqin delegat qatnaşdi. Bu haqda partiya matbuot xizmati xabar bergan.
S'yezd iştirokçilari 2016 yil 4 dekabrda bölib ötadigan Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlari mamlakatimiz ijtimoiy–siyosiy hayotida muhim voqea ekanligi, unda ÖzLiDePning faol iştirok etişi lozimligini qayd etişdi.
Anjuman qatnaşçilari ta'kidlaganlaridek, mustaqillik yillarida mamlakatimiz hayotining barça sohalarida tub özgarişlar amalga oşirildi. Milliy davlatçiligimizning mustahkam asoslari yaratildi. Demokratik huquqiy davlat, kuçli fuqarolik jamiyatini şakllantiriş, bozor iqtisodiyoti tamoyillariga ötiş, aholi hayot darajasini yuksaltiriş borasida keng kölamli işlar amalga oşirildi. Qonun ustuvorligi, köppartiyaviylik, demokratik saylovlar mamlakatimiz siyosiy-ijtimoiy hayotining ajralmas tarkibiy qismiga aylandi.
S'yezd iştirokçilari tomonidan yurtimizda har tomonlama özini oqlagan islohotlarning davomiyligini, Vatanimizdagi tinçlik va osoyiştalik, xalqimiz farovonligini ta'minlaş yölida faol iş olib boriş vakillik organlarida eng köp deputatlik örinlariga ega bölgan yetakçi siyosiy kuç sifatida ÖzLiDeP uçun bundan buyon ham asosiy maqsad bölib qolişi ta'kidlandi.
Mamlakatimiz taraqqiyotining xozirgi bosqiçida ÖzLiDePdan Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod sifatida mustaqilligimizni yanada mustahkamlaş, ötgan yillar davomida yurtimizda amalga oşirilgan rivojlaniş yölini yangi, yuksak bosqiçga kötarişga qodir, islohotlarning tub mohiyatini aniq biladigan, ularni amalga oşiriş jarayonlarining faol iştirokçisi bölgan, xalq taqdirini öz taqdiri bilan çambarças boğlab, doimo el-yurt taşvişi bilan yaşaydigan, taşabbuskor va taşkilotçi şaxs nomzodini ilgari suriş zarurligi alohida qayd etildi.
Ana şu holatlarni hamda s'yezd delegatlarining çiqişlarida öz aksini topgan saylovçilar va köp sonli partiya elektorati vakillari fikrlarini inobatga olgan holda, Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston-liberal demokratik partiyasining S'yezdi bölajak saylovlarda Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga keng miqyosli islohotlarni amalga oşiriş, mustaqil davlatçilik asoslarini barpo etiş va mustahkamlaşda, bozor tamoyillariga asoslangan mutlaqo yangi iqtisodiy tizimni şakllantirişda Özbekistonning Birinçi Prezidenti Islom Abduğaniyeviç Karimovga uzoq yillar yelkadoş bölib işlagan, özining butun mehnat faoliyatini Vatanimiz ravnaqiga bağişlab kelayotgan inson, özining amaliy faoliyati bilan yurtdoşlarimiz orasida haqli ravişda katta hurmat va obro‘-e'tibor qozongan, partiya Siyosiy Kengaşining a'zosi Şavkat Miromonoviç Mirziyoyev nomzodini körsatiş töğrisida qaror qabul qildi.












