Jahon banki Ukrainaga "Naftogaz Ukrainy" milliy aksionerlik kompaniyasi gaz sotib olişni moliyalaştirişi uçun 500 mln dollar kredit kafolati taqdim qildi. Bu haqda Ukraina moliya vaziri Aleksandr Danilyuk ma'lum qildi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
"Jahon banki boşqaruvining "Naftogaz"ga 500 mln dollarlik kredit beriş qarorini qutlayman. Bu isitiş mavsumidan osoyişta ötişga imkon beradi", deb aytdi Danilyuk feysbukdagi sahifasida.
U, şuningdek, "Naftogaz" bilan bu loyiha ustidan bir neça oy işlaganini qöşimça qildi.

















