«Normand törtligi» a'zolari rahbarlari Germaniya poytaxti Berlin şahriga yetib keldi va sammit boşlandi.
Germaniya federal respublikasi kansleri Angela Merkel taklifiga binoan Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Fransiya rahbari Fransua Olland hamda Ukraina prezidenti Petro Poroşenko muzokaralar uçun yiğilgan.
Mezbon birinçi bölib ukrainaliklar yetakçisini qabul qildi, bir neça daqiqalardan keyin fransuzlar rahbari yetib keldi. Putin mahalliy vaqt bilan soat 18:00da (Toşkent vaqti bilan soat 21:00) kutib olindi.

DPA ma'lumotiga köra, Putin oxirgi bor Germaniyaga 2013 yilda, Hannover sanoat yarmarkasida iştirok etiş uçun kelgandi.
Rossiya, Germaniya, Fransiya va Ukraina rahbarlari muzokaralarda Ukraina şarqidagi qurolli mojarolarni muhokama qilişadi. Tomonlar Donbassdagi saylov hamda qöşinlarning ortga qaytarilişi masalasini ham körib çiqişi közda tutilgan.
Şuningdek, Rossiya prezidenti germaniyalik hamda fransiyalik hamkasblari bilan Suriyadagi vaziyatni muhokama qilişi belgilangan.












