Buyuk Britaniya Rossiya kemalari Suriya yo‘lida Britaniya sohillariga yaqinlashgani sabab xavfsizlik nuqtai nazaridan o‘zining harbiy kemalarini La-Manshga yubordi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Maykl Fellonning ma'lum qilishicha, mamlakat qurolli kuchlari La-Manshdagi «Rossiya flotining har bir qadamini kuzatadi».
Ma'lum qilinishicha, Rossiyaning «Admiral Kuznetsov» kemalari bilan hajmda bir xil bo‘lgan kemalar kanalda allaqachon navbatchilik qilishni boshlagan.














