AQŞ prezidentligiga respublikaçilar nomzodi Donald Tramp demokratlar nomzodi Hillari Klintonning sönggi teledebatlardagi "hujumi"ga javoban "Putinning qöğirçoği" bölmaslikka va'da berdi.
Şu örinda Tramp Rossiya davlat rahbari bilan şaxsan taniş emasligi, lekin Putin u haqida yaxşi fikrda ekanligini ta'kidlab ötdi.
U IŞID va boşqa radikal guruhlar bilan kuraşda Moskva bilan hamkorlik qiliş yaxşi natija berişiga umid bildirdi.
Bu sözlar Putinning yaqinda aytgan gaplariga aks-sado sifatida yangradi: ötgan hafta Rossiya prezidenti Obama AQŞ rahbari lavozimini tark etganidan keyin aloqalarning tiklanişiga umid bildirib, Tramp haqida ijobiy fikr bildirgandi.
Tramp "ğalabaga erişgan taqdirda Putinga qarşi faoliyat olib borişga va'da berayotgan raqibining sabrsizligi"ni Putinning Klintondan har bir siyosiy poğonada ustun ekanligi bilan izohladi.
Tramp Klinton va amerikalik amaldorlarga qarşi uyuştirilgan kiberhujumlar ortida kim (Rossiya, Xitoy yoki boşqa birov) turgani hali noma'lumligini ta'kidladi. Oq uy maxsus xizmatlar ma'lumotlariga tayanib, bunda Kremlni rasman aybladi va şunga munosib javob qaytarişga va'da berdi, çex politsiyasi esa gumondor rossiyaliklardan birini qölga oldi. Putin bu mojarolarga Rossiyaning aloqadorligini inkor etdi.
Tramp aksariyat Ğarb siyosatçilarining fikrini qöllab-quvvatlab, Suriyaning Halab şahrida röy berayotgan voqealarni "halokat" deb atadi, biroq mintaqadagi inqirozda javobgarlikni Klinton va uning boş kotib lavozimida olib borgan taşqi siyosatiga yukladi.
U Suriya prezidenti Başar Asadning iste'fosi yomon oqibatlarga olib kelişi mumkinligini tasdiqladi. Trampning sözlariga köra, AQŞ isyonçilar haqida heç narsani bilmay turib, ularni qöllab-quvvatlamoqda, suriyalik qoçqinlar esa köpinça IŞID qatoriga qöşilmoqda.
Ötgan şanba kuni çop etilgan Reuters agentligi va Ipsos sotsiologlarining hamkorlikda ötkazgan sönggi sörovnoma natijalari prezidentlik poygasida Klintonning Trampdan özib ketayotganini körsatgan.












