AQŞ Davlat kotibining siyosiy masalalar böyiça örinbosari Tomas Şennon kelasi haftada Özbekistonga taşrif buyuradi. AQŞ Davlat departamentining ma'lumotlariga köra, Şennon 2016 yil 24-29 oktabr kunlari Qozoğiston, Qirğiziston va Özbekistonga safar uyuştiradi. 

Xabarda, Tomas Şennon ilk bor Markaziy Osiyo mamlakatlariga kelayotgani qayd etilgan. Diplomat Markaziy Osiyo mamlakatlari mustaqilligining 25 yilligini nişonlaydi hamda «S5+1» guruhi doirasida aloqalarni muhokama qiladi. 

Tomas Şennon 24 oktabrda Qozoğistonga boradi. 26-27 oktabr kunlari Qirğizistonda bölib, şundan söng Özbekistonga taşrif buyuradi. 

U Özbekistonda Toşkent va Samarqand şaharlarida bölişi aytilmoqda. Şennon taşrifi çoğida, hukumat rasmiy vakillari, işbilarmon doiralar va fuqarolik jamiyatlari vakillari bilan uçraşuv ötkazadi. Bundan taşqari, tarixiy arxitektura yodgorliklari, xususan Registon ansambli bilan tanişadi. 

AQŞ Davlat departamenti vakili Samarqandda Özbekistonning Birinçi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilişni ham rejalaştirgan.