AQŞning Missuri ştatida 28 yildan keyin jasadi topilgan qizning qotilligi böyiça ayblov e'lon qilindi. Bu haqda, Associated Press agentligi xabar qilmoqda. 

Karolin Xekkert 1989 yil dekabrida Sara Deleonni öldirganlikda gumon qilinmoqda. Xabarlarga köra, politsiya 2014 yil iyul oyida uşbu işni qayta körib çiqişga qaror qilgan. Bunga politsiya idorasining DNK namunasini oliş böyiça yangi texnologiyaga ega bölgani imkon bergan. 

Qayd etilişiça, öldirilgan qizning onasi nihoyat uşbu iş böyiça ayblov e'lon qilinganidan xursandligini yaşirmagan. Uning sözlariga köra, qizi Saraning duşmanlari bölmagan, qotillik esa «şaxsiy sabablar tufayli öta vahşiylik bilan sodir etilgan».