Bir yoşi uluğ donişmand daryo böyida ötirib, atrofidagi gözal manzara haqida fikr yuritar, nimalarnidir xayol qilardi. Tösatdan suvga tuşib ketib, undan xalos bölişga harakat qilayotgan çayonga közi tuşdi.
Donişmand uni qutqarişga qaror qilib, qölini uzatgan edi, qölini çaqib oldi. Oğriqning qattiqligidan qölini tortib oldi. Lekin bir daqiqa ham ötmasdan qariya çayonni qutqariş uçun yana qölini çözgan edi, çayon yana çaqdi. Birozdan söng qariya uçinçi bor qölini uzatdi.
Uning bu harakatlarini kuzatib turgan bir odam:
“Ey inson! Birinçi marotabada ham, ikkinçi marotabada ham xulosa çiqarmadingizmi? Nima sababdan yana uçinçi bor harakat qilyapsiz?!”, dedi.
Donişmand uning ogohlantirişiga e'tibor bermay, harakat qilib çayonni qutqarişga muvaffaq böldi. Söng haligi kişi tomon bordi va yelkasiga qölini asta qöyib muloyimlik bilan:
“Ey bolam! Çayonning tabiati - çaqiş. Mening tabiatim - muloyimlik bilan rahm-şafqat qiliş. Nima uçun uning tabiati mening tabiatimdan ğolib bölişiga yöl qöyişim kerak ekan”, dedi.
Ha, aziz inson. Insonlarga öz tabiatingiz bilan muomala qiling, ularning tabiati bilan emas. Sizlarga ba'zi hollarda qançalar ozor bermasinlar, öz tabiatingiz asosida muomala etişda davomli böling.
Mehrob.uz saytidan olindi











