AQŞ mudofaa vaziri Eşton Karter Anqara ma'muriyatini Iroq suverenitetini hurmat qilişi zarurligiga işontirmoqçi. U özining Turkiyaga safari çoğida Mösulni IŞIDdan ozod qiliş amaliyotida iştirok etişda, Bağdodning noroziligiga qaramay, qatnaşmoqçi bölayotgan Turkiya tomonini fikridan qaytarişga urinib köradi.
 
Bunda Pentagon rahbari jurnalistlarning Turkiyaga Iroqdagi harbiy amaliyotlarda iştirok etişiga ruxsat beriş kerakmi?, degan savollariga javob bermagan. Vaşington bu boradagi qarorni Bağdod hukumati qabul qilişi kerakligini aytgan edi. 

Karter, şuningdek, Turkiyaning Suriya şimolidagi kurdlar guruhiga havo zarbalari berganiga oid taxminlarni ham izohlamagan. Bu jangovar bölinmalar AQŞning IŞIDga qarşi kuraşida ittifoqçilari hisoblanadi. 

Turkiya rahbariyati bundan avval bir neça marotaba AQŞning Suriya jangarilariga qarşi kuraşayotgan kurd bölinmalari bilan hamkorlik qilayotganidan noroziligini bildirgan edi. 

Karter OAV vakillari bilan uçraşuvida ta'kidlaşiça, AQŞ Turkiya va Iroqni özining ittifoqçilari va "yaqin döstlari" deb bilişini aytgan. 

Ayni vaqtda, Turkiya harbiy bölinmalari, Bağdodning zudlik bilan mamlakat hududini tark etişni talab qilayotganiga qaramay, Mösuldan 20 km uzoqlikda joylaşgan. Erdöğanning fikriça, Turkiya tahdidlarga qarşi öz çegarasida qarşi kuraşişga haqli. 

Avvalroq, Reyter agentligi bilan suhbatda, nomini oşkor qilmagan Pentagon mulozimi, AQŞ mudofaa ma'muriyati norasman Turkiyaning ayrim iddaolarini tan olişini bildirgan edi. Şu bilan birga, xorijiy mamlakatlar armiyalari Iroqda faqatgina rasmiy Bağdod ruxsati bilan faoliyat yuritişi mumkinligini ta'kidlaydi.