Özbekiston Respublikasi Boş vaziri birinçi örinbosari Rustam Azimov XXR Davlat kengaşi raisining örinbosari Çjan Gaoli bilan muzokaralar ötkazdi, deb xabar qilmoqda “Sinxua” axborot agentligi. Uçraşuv 2016 yil 20 oktabrda bölib ötgan. 

Çjan Gaoli Xitoy Özbekiston bilan aloqalarga katta e'tibor qaratayotganini qayd etib, XXR rahbari Si Tszinpin Özbekiston rahbariyati bilan döstona va yaqin aloqada ekanini ta'kidlagan.

U, şuningdek, Xitoy va Özbekiston, davlat rahbarlarining kelişuvlarini amalga oşirişlari kerak. Bundan taşqari, hamkorlikni sifat jihatidan yuqoriga kötariş, xususan işlab çiqariş quvvatlari, infratuzilma va energiya zaxiralari inşootlarining qurilişi kabi yönalişlar böyiça rivojlantirişlari kerak.

Öz navbatida Rustam Azimov Özbekiston Respublikasiga beğaraz yordam berayotgani uçun Xitoy hukumatiga öz minnatdorçiligini bildirdi.