20 oktabr, payşanba kuni Tereza Mey Buyuk Britaniya boş vaziri sifatida iş boşlaganiga 100 kun böldi. Ana şu kunlar içida qirollikda nimalar özgardi?
Ötgan 3 oy içida Tereza Mey va uning mahkamasi siyosatda va Britaniyaning kundalik hayotida unça köp bölmagan işlarni amalga oşirdi.
Hali oldinda Yevroittifoqdan çiqiş singari katta iş turibdi. Ammo nimadir özgargan bölsa, unda ular bilan quyida tanişişingiz mumkin.
“Breksit” boşlaniş vaqti
Avval: Bu haqda Tereza Mey boşida noaniq fikr bildirgan edi. U YeIdan çiqiş jarayoni Lissabon kelişuvining 50-moddasiga muvofiq olib borilişi va bu joriy yilning oxiri yoki keyingi yilning boşiga töğri kelişini aytgan edi.
Hozir: Oktyabr boşida Tereza Mey YeIdan çiqiş jarayonini 2017 yilning mart oyidan rasmiy ravişda boşlaşga va'da berdi. 9-10 mart kunlari YeIning navbatdagi sammiti bölib ötadi. Balki Mey ikki yillik jarayonning boşlanişini aynan öşanda ma'lum qilar.
Funt sterling kursi
Avval: Mey saylangan vaqtda 1 funt 1,32 dollarni taşkil etar edi. Avvalroq, referendumga qadar esa uşbu körsatkiç 1,47 dollar edi.
Hozir: Oradan uç oy ötib, bu holat 1 funtga 1,22 dollarni taşkil etmoqda. Funtning tuşib ketişi – bu hozirça “breksit”ning iqtisodga bölgan ta'siridir.
Inflyatsiya (yillik hisoblaş)
Avval: Iyulda – 0,6 foiz, iyunda – 0,5 foiz.
Hozir: Sentyabrda – 1 foiz.
Statistiklarning aytişiça, inflyatsiyaning tezlaşişi va funtning tuşib ketişi örtasida heç qanday boğliqlik kuzatilmagan.
Etnik nafratga asoslangan jinoyatlar
Avval
















