2019 yil 31 oktyabrida Özbekiston Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Kamilov va Buyuk Britaniyaning Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Tim Torlot Breksitdan keyin ikki tomonlama munosabatlarning amaldagi huquqiy asosini saqlab qoliş hamda aloqalarni yanada mustahkamlaş maqsadida «Şeriklik va hamkorlik töğrisida»gi bitimni imzolagan edi.

Kun.uz muxbiri hamkorlikning hozirgi holati, tomonlar örtasidagi qisqa va uzoq muddatga möljallangan loyihalar va boşqa mavzularda Britaniyaning Toşkentdagi diplomatik missiyasi rahbari Tim Torlot bilan suhbatlaşdi.

Suhbat davomida diplomat Özbekistondagi söz erkinligi bilan boğliq özgarişlar va Buyuk Britaniyaning Toşkentdagi viza idorasining yopiliş sabablari haqida ham töxtalib ötdi.

– Janob Tim Torlot, siz Taşqi işlar vazirligi tizimida salkam qirq yildan beri, ya'ni 1981 yildan buyon işlab kelmoqdasiz. Şu yillar mobaynida köplab davlatlar, jumladan Iroq, Yaman va Boliviyada xizmat qildingiz. Uşbu mamlakatlarga taqqoslaganda, Özbekiston siz uçun nimasi bilan farq qiladi?

– Bu yer mutlaqo özgaça va men ham Özbekistonga tayinlanişdan oldin uning aynan şunday bölişini kutgandim. Aytib ötganingizdek, men 38 yildan ortiqroq vaqtdan beri diplomatiya sohasida işlab kelmoqdaman. Faoliyatim davomida Yaqin Şarqning köplab davlatlarida – Iroq, Yaman, Ummon va Janubiy Amerikaning turli mamlakatlarida xizmat qildim.

Bu – mazkur sohaning menga yoqadigan öziga xos jihatlaridan, oçiğini aytsam. Çunki kasbim bir-biridan farq qiluvçi turli ölkalarda yetarliça uzoq muddat yaşaş, işlaş va şu mamlakatlarning tarixini örganiş imkonini beradi.

Özbekistonda işlaş imkoniga ega bölganimdan juda mamnunman. Bu yerga kelganimdan buyon özim uçun yangi bölgan ikkita tilni örganişimga töğri kelyapti. Oçiğini aytsam, buning öziga yaraşa qiyinçiliklari bor. Bu yerda muhit özgaça.

Bunga qadar sobiq sovet ittifoqi tarkibiga kirgan davlatlarda işlamaganman. Asta-sekinlik bilan yurtingizning öziga xos şarqona madaniyati, ittifoq davridan qolgan merosi bilan tanişyapman. Bu Özbekistonda işlaşning ajoyib jihatlaridan, deb ayta olaman

2019 yil 20 sentabr. Özbekiston prezidentiga işonç yorliğini topşiriş marosimi