Tojikiston sanoat vazirligi ma'lumotlariga köra, mamlakatda işlab çiqarilgan sement Özbekistonga eksport qilina boşlangan. Bundan avval, Tojikiston bu mahsulotni asosan Qirğiziston va Afğonistonga sotib kelgan. 

Tojikiston joriy yilning ötgan uç çoragi mobaynida jami 222 ming tonna sement eksport qilgan, deb xabar qiladi Sputnik agentligi. Şundan Afğonistonga 96 ming tonna, Qirğizistonga 30 ming va Özbekistonga 35 ming tonna yetkazib berilgan. 

Aytiş joizki, mamlakatda şu davr mobaynida 1 mln 508 ming tonna sement işlab çiqilgan. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 408 ming tonnaga köp demakdir.  Rossiyaga 65 ming tonna sement jönatilgan.