IŞIDga qarşi kuraşuvçi xalqaro koalitsiya kuçlari Iroqning Mösul şahrini ozod qilgandan keyin, Suriyaning Raqqa şahriga hujum qilişi ma'lum qilindi. Bu haqda 21 oktabrda AQŞ davlat kotibi yordamçisi Toni Blinken RTL fransuz radiostansiyasiga bergan intervyusida ma'lum qildi.
"Hozir bizga Raqqa masalasi dolzarbdir. IŞID aynan u yerda öz teraktlarini rejalaştiradi. Bu ularning haqiqiy poytaxti. Raqqaga yönaliş olib, uni qamal qilib, qölga oliş kerak", deb aytdi Blinken.

Biroq Raqqaga hujum qilişdan avval Mösulni egallaş lozim. Blinkenning aytişiça, Mösulda 5-6 ming jangari joylaşib olgan. "Ularda himoyalanişga ança vaqt bölgan. Afsuski, ular u yerda mustahkamlanib, bizning hujumni iloji boriça qiyinlaştiriş maqsadida mina va fugaslar örnatganlar", deb ta'kidlab ötdi Blinken.
Mösulni ozod qiliş böyiça operatsiya 17 oktabrda boşlandi. Şaharni ozod qilişda iştirok etayotgan quruqlikdagi qöşinlar soni 60 mingdan köproqni taşkil qilmoqda. Razvedka ma'lumotlariga köra, Mösulni uşlab qoliş uçun 5-6 ming jangari kuraşayotgan bölişi mumkin.













