XXR hukumati Fiat Chrysler avtomobilsozlik kompaniyasining Xitoydagi şö'ba korxonasiga 68699 dona Viaggio modelini qaytarib olişga körsatma berdi. Sinxua agentligining xabar qilişiça, avtomobillarning uzatmalar qutisida nuqsonlar aniqlangani bunga sabab bölgan.

"Avtomaşinalarning uzatmalar qutisida nosozlik aniqlangan", - deya XXR sifatni nazorat qiliş, tekşiriş va karantin Davlat boşqarmasi hisobotidan iqtibos keltiradi agentlik. Boşqarmaga köra, bu nuqson uzatmalar qutisini boşqariş blokidagi mikrosxema işini buzişi mumkin. Şu bois, xavfsizlikka tahdid paydo böliş ehtimoli mavjud. 

Qaytarib oliş dasturi 2017 yil 10 martdan boşlanadi. Avtomobilsozlik kompaniyasi nuqsonni öz hisobidan bartaraf etadi. Körsatmaga muvofiq, 2012 yil 26 avgustidan 2014 yil 14 oktabrgaça işlab çiqilgan Viaggio rusumli maşinalar qaytarib olinadi.