Özining "andişa qilib ötirmaydigan" fe'l-atvori bilan ajralib turadigan Filippin prezidenti Rodrigo Duterte uning davlati Rossiya va Xitoy bilan harbiy ittifoq tuzişi mumkinligini aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
"Bu harbiy ittifoq, balkim iqtisodiy ittifoq, yoki iqtisodiy blok bölişi mumkin. Ehtimol men Rossiyaga Putin bilan gaplaşgani borişim va Xitoy, Filippin va Rossiya – butun dunyoga qarşi turuvçi uç davlat ekanimizni aytişim mumkin", deb aytdi Duterte.

















