AQŞ prezidenti lavozimiga nomzodlar Xillari Klinton va Donald Tramp saylovlar oldidan oxirgi marta xayriya keçki ovqatida yuzma-yuz uçraşdilar va bir-birlariga navbatdagi "iltifotlar" bildirişdi. Alfred Smit jamğarmasining xayriya keçki ovqati prezidentlikka nomzodlar saylovlar oldidan oxirgi marta uçraşadigan an'anaviy tadbir hisoblanadi. Bu haqda xorijiy OAV xabar bermoqda. 

Tramp va Klinton bu gal bir stol atrofida uçraşdilar. Keçki ovqatda bir-birini haqoratlaş qabul qilinmagan. Ikki nomzod orasidagi "duel" özaro piçinglar tarzida ötdi. Tramp mikrofon oldiga kelib, Klintonning yelkasiga muloyim qoqib quydi.

"Men Xillari bugun keladi deb işonmagandim. Men sizlar elektron poçta orqali taklifnomalar yubormaysiz deb öylagandim. Balki, siz şunday qilgandirsiz ham va Xillari keçki ovqat haqida WikiLeaks’dan xabar topgan bölsa, ajabmas. Biz raqibim bilan yaqindagi debatlarda bir-birimizga muloyim böla olişimizni tan oldik. Aslida, Xillari tribunaga çiqa turib, menga tegib ketdi va juda muloyim "Keçirasiz" deb aytdi. Men ham unga muloyimgina "Keling bu haqda mening prezidentlik muddatim boşlanganda gaplaşamiz", deb javob berdim", deb kesatiq qildi Tramp.

Xillari bu "piçinglar estafetasini" munosib qabul qildi. Xillari avval Trampning uning soğliği borasidagi şubhalariga javob berdi. 

"Men bu yerga keliş uçun özimning qat'iy uyqu jadvalimda tanaffus qildim va siz eşitganingizdek, mening bu yerda bölişim siz uçun ham noyob zavqdir, çunki men odatda bunday çiqişlarimga katta haq olaman", deb aytdi Klinton. 

Şundan keyin Klinton hazil tarzida Trampni Moskvaning "odami" ekanligiga işora qildi.

"Yaqinda Donald uçraşuvlaridan birida telesuflyorni öçirib qöyganini eslaysizmi? Men uni tuşunaman. Undan foydalaniş noqulay bölsa kerak, rusçadan sözlarni tarjima qilgan holda nutq sözlaş yanada murakkabroq bölsa kerak. Aslida Donald ot kabi soğlom, Vladimir Putin hamma yerda minib yuradigan ot bor-ku, öşa kabi", deb kinoya qildi Klinton.

Klinton nutqida Trampning saylovlar natijasini faqat özi yutsagina tan olişi haqidagi gaplariga ham "izoh berib ötdi".

"Yo ajab, men Donalddan keyin sahnaga çiqdim. U hokimiyatni tinçlik bilan berişga rozi böladi, deb öylamagandim", deb yana kesatiq qilgan Klinton.

Bu "piçinglar" orasida Tramp öz raqibiga debatlar vaqtida Klinton butun dunyoga AQŞning davlat sirlaridan birini oşkor qilib qöyganini eslatmadi. Klinton oxirgi debatda yadroviy raketani otişga buyruqdan uni otişgaça roppa-rossa 4 daqiqa ketişini aytgan. Körinişiça, Tramp bu mavzuni hazillaşişga sabab, deb  hisoblamagan.