AQŞda paydo bölib, ommalaşib ketgan, odamlarni qörqituvçi "qotil-masxarabozlar" özining qörqinçli qiyofalari bilan Germaniyada ham paydo böldi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
Germaniyada bir hafta içida masxaraboz kiyimidagi kimsalar piyodalarga hujum qilişining 5 ta holati qayd etildi. Gelzenkirxenda masxaraboz kiyimidagi 16 yoşli ösmir beysbol bitasi bilan tanişlarini qoronğu burçakda poylab turgan. Oqibatda "hazilkaş"ning xatti-harakatlaridan bir ösmir jabr körgan. Ösmirga nisbatan jinoiy iş qözğatilgan.
Şunga öxşaş voqealar Berlin, Graysvaldda va ikki marta Rostokda ham yuz bergan, biroq heç qanday jarohatlanganlar va qurbonlarsiz ötgan.
Politsiyaçilar masxarabozlarning köpayişini Ğarbda 31 oktabrda nişonlanadigan Xelouin bayrami bilan tuşuntirişmoqda. Bu bayramda qörqinçli kiyimlarga kiyiniş urf bölgan. Germaniya politsiyasi kasaba uyuşmasi rahbari Rayner Vendt fuqarolarga "qotil-masxaraboz" kiyimida odamlarni qörqitiş holatlari haqida huquq-tartibot muassasalariga xabar berişni tavsiya qildi.
"Bunday bezorilar Xellouinga yaqin köpayişi xavotiri bor, bu ahmoqona tendensiya tobora ommalaşmoqda. Bu "masxarabozlar" tentaklar emas, ular jinoyatçilar", deb aytdi Vendt.
Oxirgi mahal ğarb davlatlarida "qotil-masxarabozlar" kiyimida odamlarga hujum qiliş, ularni hazillaşib qörqitiş holatlari ommalaşib ketdi. Ba'zida bunday "hazillar zil bilan tugayotgan" holatlar ham qayd etilmoqda.












