21 oktabr kuni Markaziy saylov komissiyasiga saylovda iştirok etayotgan uç partiya vakillari Özbekiston Prezidentligiga körsatilgan nomzodlarni röyxatga oliş uçun hujjatlar taqdim etdi. Bu haqda «Kun»ga Özbekiston Respublikasiga Prezidenti saylovini yoritiş böyiça Respublika matbuot markazi ma'lum qildi.
Dastlab «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi, köp ötmay Özbekiston Xalq demokratik partiyasi hamda Özbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining vakolatli vakillari Özbekiston Prezidentligiga nomzodlarini röyxatga olişni iltimos qilib tegişli hujjatlarni taqdim etgan.
MSKga topşirilgan hujjatlarga siyosiy partiya yuqori organining prezidentlikka nomzod körsatiş töğrisidagi qarori, siyosiy partiya yuqori organi majlisining prezidentlikka nomzod körsatiş töğrisidagi bayonnomasi, prezidentlikka nomzodning öz nomzodi ovozga qöyilişiga rozi ekanligi töğrisidagi arizasi va prezidentlikka körsatilgan nomzodni qöllab-quvvatlovçi imzo varaqalari ilova qilindi.
Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni 1 hafta mobaynida tekşirib çiqadi va ularning qonunga muvofiqligi töğrisida xulosa beradi.
Hozirgi kunda Markaziy saylov komissiyasida imzo varaqalari töğri töldirilganligini tekşiriş böyiça ekspertlar guruhlari taşkil etilgan bölib, ularning tarkibida MSK a'zolari, jamoat taşkilotlarining vakillari, içki işlar, adliya organlarining mutaxassislari faoliyat yuritmoqda.
Komissiyada imzo varaqalari töğri töldirilganligini tekşiriş böyiça ekspertlar guruhi taşkil etilgan bölib, uning tarkibiga komissiya a'zolari, jamoat taşkilotlarining vakillari, içki işlar, adliya idoralari mutaxassislari kiritilgan.












