Estoniya poytaxti aeroportiga taşrif buyurganlar, binoga portlovçi moslama örnatilgani töğrisidagi xabardan söng, zudlik bilan xavfsiz joylarga köçirildi, deya xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi mahalliy politsiya vakillariga tayangan holda.
«Portlaş haqidagi xabar tuşki payt kelib tuşgan. Hozirda aeroport hududida politsiya maxsus örgatilgan itlar bilan faoliyat yuritmoqda. Havo gavanidan barça odamlar köçirilgan», — deb ma'lum qilgan huquq-tartibot idorasi.
Qayd etilişiça, samolyotlarga qönişga ruxsat beriladi, ammo yölovçilar salonni vaqtinça tark etmaydi. Aeroport binosining özi ham tekşiruv işlari tamomlangunça faoliyat körsatmaydi.












