Jahon | 10:45 / 23.10.2016
7252
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniya Kosovoga harbiylarini yuboradi

© Flickr/ Royal Navy Media Archive

30 nafarga yaqin britaniyalik harbiy 2017 yil boshida NATOning Kosovodagi xalqaro kuchlar safida tinchlik amaliyotlarida ishtirok etishi uchun bu mamlakatga yuboriladi. Bu haqda Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri Maykl Fellon ma'lum qilgan.

Press Association agentligi xabar qilishicha, Fellon britaniyalik harbiylar bu mamlakatda 1 yil davomida bo‘lishini aytib o‘tgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Bolqonning g‘arbiy qismida xavfsizlik va barqarorlik bilan bog‘liq muammolar saqlanib qolmoqda.

"NATO bizning mudofaamizda muhim o‘rin egallaydi. Yevropa xavfsizligini ta'minlash Buyuk Britaniyaning ichki xavfsizligini ta'minlash demakdir", deya britaniyalik vazirning so‘zlarini keltirgan Fellon.

Britaniyalik harbiylar Prishtinaga joylashtiriladi.

Shimoliy Atlantika alyansi kuchlari ushbu avtonom hududga serb harbiylari Kosovo va Metoxiyadan chiqarilgach, 1999 yilning 12 iyunida joylashtirilgan. KFOR missiyasida 31 davlat harbiylari ishtirok etadi. Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, missiya tarkibida 4,3 ming harbiy bor.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid