Malayziyada PGA Tour taşkiloti tomonidan ötkazilayotgan golf böyiça CIMB Classic xalqaro musobaqasini maydonda 2 metrlik böğma ilon paydo bölgani sababli töxtatişga töğri keldi. Bu haqdagi ma'lumot taşkilotning tvitterida paydo böldi.
    
Bundan taşqari, PGA Tour xodimlari tvitterda bu ilonning suratini çop etişdi va unga hazilomuz izoh qoldirişdi.

"Mayli. Endi boşqa joyda öynasak kerak", deb aytilgan xabarda.

21 oktabr bu mintaqada joylaşgan ba'zi davlatlarda Sudralib yuruvçilar haqida bilim kuni sifatida nişonlanadi. Bu kunda mahalliy aholiga turli sudralib yuruvçi jonzotlar haqida ma'lumot beriladi. Musobaqa taşkilotçilari ilonning golf maydonida aynan şu kuni paydo bölişida ramziy ma'no körişdi.