AQŞ prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp 21 oktabrda AQŞning Pensilvaniya ştatida sözlagan nutqida agar prezident etib saylansa, "ommaviy axborot vositalari hokimiyatini" çeklaşga va'da berdi. Milliarderning fikriça, ba'zi OAV uning raqibi Xillari Klintonni qöllab-quvvatlab, Trampning prezidentlik kampaniyasiga tösqinlik qilmoqda. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
"Ular menga berilgan ovozlar, amerika xalqi ovozini bostirişga zör berib urinmoqdalar", deb aytdi Tramp.
Tramp AT&T telekommunikatsion kompaniyasiga Time Warner. kompaniyasini sotib olişga tösqinlik qiliş niyatidaligini bildirgan. Uning fikriça, bunday bitimlar demokratiyani barbod qiladi, çunki juda katta hokimiyat "juda ozçilik qölida mujassamlaşadi".
Milliarder şuningdek oddiy amerikaliklarni ogoh bölişga çaqirdi. "Agar OAV qarşilik körsatişga çeklanmagan imkonlarga ega bölgan men kabi odamga qarşi kuraşa olsa, tasavvur qiling, ular siz bilan, sizning iş joyingiz, xavfsizligingiz, ta'limingiz bilan nimalar qila oladi?", deb aytdi Tramp.












