Yamanning yirikligi böyiça ikkinçi raqamli şahari bölgan Adanda vabo kasalidan 9 kişi halok böldi, deb ma'lum qildi mahalliy hokimiyat jurnalistlarga. Bu haqda "Interfaks" axborot agentligi xabar bermoqda. 

Mutaxassislarning fikriça, vabo içimlik suvi orqali tarqayotgani bölişi kerak, çunki uning sifati juda yomon.

Hukumatning ma'lum qilişiça, umumiy hisobda Yamanda 200 ga yaqin vabo bilan kasallaniş holati qayd qilingan. Tibbiyotçilarning ma'lumotlariga köra, vabodan kasallanganlarning örtaça 15 foizi bu kasallikdan vafot etadi.