2022 yilda Qatarda o‘tkaziladigan jahon chempionati tashkiliy qo‘mitasi mundial uchun stadionlar qurilishida ishchilardan biri halok bo‘lgani haqida ma'lum qildi.
Bu hodisa Al-Vakra shahrida ro‘y bergan. Hozirda tekshiruv ishlari boshlangan.
Mahalliy amaldorlardan birining aytishicha, bu Qatarda JCh-2022 uchun qurilayotgan stadionlar qurilishi maydonidagi ilk o‘lim holatidir.
Bundan oldinroq 3 quruvchining o‘limi haqida ma'lum bo‘lgandi, lekin ularning o‘limiga sabab sifatida yurak bilan bog‘liq muammolar keltirilgan.















