Qirğiziston parlamentidagi prezident tarafdorlaridan iborat sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi parlament koalitsiyasidan çiqişini e'lon qildi. Bu fraksiyaning parçalanişi va hukumatning iste'fosini anglatadi. 

"Sotsial-demokratik partiya köpçilik tarkibini tark etadi", - degan parlament fraksiyasi rahbari Iso Omurkulov.

Uning tuşuntirişiça, prezident bölib saylangunça, Almazbek Atambayev rahbarlik qilgan Qirğiziston SDP koalitsiyani "siyosiy qaraşlar mos tuşmasligi" şunday qarorga kelgan. 24 oktabr kuni bölib ötgan fraksiya majlisida şu haqda qaror qabul qilingan. 

Mamlakat Konstitutsiyasi talabiga muvofiq, köpçilikni taşkil etiluvçi fraksiyadan biri köpçilik koalitsiyasini tark etsa, u parçalangan hisoblanadi va hukumatning iste'fosiga olib keladi. Qirğizistonning 2015 yil oktabrida şakllantirilgan parlamentida oltita fraksiya bölib, şundan törttasi, ya'ni sotsial-demokratlar, "Qirğiziston", "Onuguu-Progress" va "Ata-Meken" partiyalari koalitsiyaga birlaşgan edi. Öşanda, hukumatni şakllantiriş huquqini prezident taraf sotsial-demokratik partiyasi qölga kiritgan edi. 

Sooronboy Jienbekov rahbarligidagi hozirgi hukumat şu yilning aprelida şakllantirilgan edi. Qonunga köra, davlat rahbari hukumat iste'fosidan 3 kun içida bironta partiyaga parlament koalitsiyasini şakllantiriş vazifasini topşiradi.