Ma'lumki, 23 oktabrdan e'tiboran yoqilği bahosi soliq hisoblarini e'tiborga olgan holda oşirildi. Bunga yurtdoşlarimiz turliça munosabat bildirişmoqda.
Korzinka.uz supermarket qatorlari rahbari Zafar Hoşimov özining Facebook'dagi sahifasida sönggi kunlarda katta bahslarga sabab bölayotgan yoqilği narxining oşişi borasidagi fikrlarini bayon qildi.
"Işonçim komilki, mening fikrim maşhur bölmaydi, biroq şunday bölsa ham, men uni bayon qilişga jazm qildim.
Mening xotiramda turli mavsumlarda, lekin köpinça keç kuzda avtomobillarga yoqilği quyiş şahobçalarida soatlab navbat poylaşlar muhrlanib qolgan. Yoqilği oliş uçun uzundan-uzun navbat kutib turganda, biror kimsa bilan suhbatlaşib qolganda, ijtimoiy tarmoqlardagi postlarda buning uçun benzin quyiş şahobaçalari, "Özbekneftgaz", hukumat va hatto bir-birlarini qarğab ketişadi.
Iqtisodiy jihatdan bilimli inson davlat har doim biz xarid qiladigan yoqilği narxini çuqur subsidiyalaştirişini yaxşi anglaydi. Mamlakatimizda avtomobillarga bölgan talab davlat belgilab bergan yonilğining past bahosi tufayligina şunday yuqoridir. Buning natijasida köpçilik oilalar bugungi kunda 2-3 maşinaga ega. Biz yonilğini öylamay sarflaymiz, özimiz nafas oladigan havoni ifloslantirişimiz töğrisida-ku, gapirmasa ham böladi. Hozirning özidayoq bizda aholi jon boşiga yonilği iste'moli ba'zi Yevropa mamlakatlari darajasidan ötib ketgan. Bularning barçasini subsidiyalaştiriş esa davlat byudjyeti tomonidan, bizning soliq tölovlarimizdan amalga oşiriladi. Öylab körilsa, bu pullarni jamiyat uçun foydasi köproq tegadigan boşqa narsalarga ham sarflaş mumkin.
Bu yerda aholining ijtimoiy himoyasi haqida gapirişga hojat yöq. Aksinça, oila qançalik badavlat bölsa, unda şunçalik maşina köp böladi, şunça köp yoqilği sarflanadi va tabiiyki, bunday farovon uy xöjaligi davlatga şunça qimmatga tuşadi. Aholining jamoat transportidan foydalanuvçi nisbatan imkoni kamroq qatlamlari yoki köp benzin sarflanmaydigan bir maşinaga ega oilalar esa kamroq yoqilği işlatişadi hamda tabiiyki, bunday oilalar davlat tomonidan ta'minlangan imtiyozli narxlardan kamroq foydalanişadi. Şunday ekan, suv, issiqlik va elektr energiyasi kabi yoqilği narxini subsidiyalaştiriş orqali aholini himoya qiliş eng maqsadli çora-tadbir emas.
Har qanday aniq fanlar kabi iqtisodiy nazariyaning ham öz qonunlari bor. Ularni inkor qiliş mumkin, lekin baribir tölovni töliq amalga oşirişga töğri keladi. Ana şunday qonunlardan biri - talab va taklif qonuni. Agar talab taklifdan oşib ketsa, u holda mahsulot qadrlanmagan böladi va uning yo narxi ösadi, yoki - navbatlar. Mana şu tafovutni biz baribir tölaymiz. Nima bölganda ham, bir litr yoqilği bizga 2075 sömdan ortiqqa tuşayotgandi. Uni şu narxda sotib oliş uçun barçamiz şu kunlarda katta navbatlarda turişimizga töğri keldi, bunga esa qança vaqt va asab zoye ketdi - ular bepulmi? Şuningdek, davlat yoqilği uçun öz byudjyetidan yana pul ham qöşadi, bu pullar esa ta'lim, ilm-fan, infratuzilma yoki soğliqni saqlaş kabi muhim sohalar rivoji uçun sarflanişi ham mumkin edi. Bundan ham yomoni - ba'zan yoqilğini yuqori narxlarda "olib sotarlar"dan xarid qilişga töğri kelganligi. Ularning kim ekani-yu, yoqilğiga "nimalar" aralştirib sotayotgani esa bizga qoronğu... Şu tariqa, davlatning yaxşiligidan faqat ğaraz niyatli kimsalargina foydalanişlari mumkin edi.

















