Avstraliya boş vazirining mamlakatdagi obrösi uning hukumat tepasiga kelgan vaqtdan buyon birinçi marta eng past darajagaça tuşib ketdi. Bu haqda The Australian gazetasi Newspoll ötkazgan ijtimoiy sörov natijasiga tayangan holda yozmoqda. 

Xabarlarga köra, qit'a mamlakat aholisining atigi 29 foizi Ternbull siyosatidan rozi ekanini bildirgan. Söralganlarning 57 foizi uning boşqaruvini ma'qullamagan, 14 foizi javob berişga qiynalgan. 

Ayni vaqtda, Avstraliya sobiq boş vaziri Toni Abbott bir yil muqaddam iste'foga çiqişi avvalida 30 foiz aholi tomonidan qöllab-quvvatlangan edi. Öşanda, Ternbull uni lavozimidan ketkaziş zarurligini aytgandi. Abbott hukumat rahbarligidan ketgaç, örnini Ternbullning özi egalladi. Dastlab, uning siyosatini avtraliyaliklarning 60 foizi ma'qulladi. Ammo, bir yil davomida uning tarafdorlari kamayib bordi.