Iyul oyida “Soçnaya dolina” savdo markasi katta sovğa aksiyasiga yakun yasadi, unda boş mukofot – kvartira öynalgan edi. Andijonlik Dilorom Xöjayeva oliy mukofotning baxtli egasiga aylandi. Bugun u bizga öz omadining siri haqida sözlab berdi.

Dilorom Akramovna — mehnatsevar inson. Nafaqaga çiqqaniga 3 yil bölganiga qaramay, u 20 yildan ortiq vaqt faoliyat yuritayotgan viloyat elektr tarmoğida yetakçi muhandis lavozimida işlaşda davom etmoqda. “Hayotda turli vaziyatlar böldi, lekin öylaşimça, qiyinçiliklar vaqtinçalik, men yaxşilikka işonaman. Mening tabiatim şunday: ijobiy fikrlaş tarafdoriman, heç qaçon birovga arz qilmayman va har bir kunimga quvonaman”, - deydi Dilorom Akramovna.

Bunday ijobiy yondaşuv ayolga 2 nafar farzandini katta qilişda hamda ularga ta'lim berişda yordam berdi: qizi —  bölajak tibbiyot xodimi, magistraturada öqiydi, öğli esa Sankt-Peterburgda xalqaro huquq yönalişida ta'lim oladi.

“Mening bir orzuim bor edi — kvartira xarid qiliş, - deya tan oladi ğolibimiz. — Yaqinda öğlimni uylantirmoqçiman, yoşlarning alohida yaşaşlari tarafdoriman. Fikrimça, yoş oilalarning işlariga aralaşiş kerak emas, bolalarga öz hayotlarini mustaqil qurişga imkon beriş lozim. Kerak paytda yordam beramiz, albatta, lekin alohida yaşaşsin va mas'uliyatli bölişga örganişsin. Şu bois yaqin oradan kvartira sotib oliş haqida orzu qilardim, ana şunda mehmonga çiqiş imkoni ham paydo bölardi. Mana şunday kutilmagan tarzda “Soçnaya dolina” şarofati bilan mening orzuim amalga oşdi!”

Ğolibimizning mukofotni qölga kiritgan kuni odatdagidek boşlangandi: u 2 quti şarbat xarid qiliş uçun uyining birinçi qavatidagi dökonga çiqqan.

“Soçnaya dolina”ni yaxşi köraman va bu şarbatni ançadan beri içaman. Ayniqsa, behili, ananasli va apelsinli şarbatlari juda yoqadi. Sotuvçiga aytdim: “Odiljon, menga odatdagidek ikki xil şarbat bering”. U esa menga: “Dilorom opa, bilasizmi, aksiya boşlandi. Unda kvartira va maişiy texnikalar öynalyapti. Keling, men sizga mukofot stikerlari bölgan qutilardan olib beraman”, - dedi.

Qutidagi kodlarni röyxatdan ötkaziş, stikerlarni esa saqlab qöyiş kerakligini tuşuntirib berdi. “Unday bölsa, öşandan bering-çi, - dedim – Mana körasiz, kvartira yutib olamiz”. Şundan buyon, stikerli qutilar xarid qila boşladim va har safar kvartira bizniki bölişini aytib, hazillaşdim. Bu hazillarim haqiqatga aylandi”.

Aktsiya taşkilotçilari yirik mukofot bilan qutlaş uçun ğolibga qönğiroq qilişganida Dilorom Akramovnani bir olam hissiyotlar hayrat, sevinç, quvonç qamrab oldi, lekin işonçsizlik bölmadi: “Men barçasi adolatli bölayotganiga şubha ham qilmagandim. Kompaniya öz örniga va nufuziga ega. Haqiqatdan ham kvartira olişimga işonçim komil edi. Hammasi şunday muvaffaqiyatli keçdiki, menga töğri keluvçi variant özim istagandek uyimiz yaqinidagi yangi qurilayotgan uylardan topildi. Farzandlarim “Oyi, taqdir barça mehnatlaringiz evaziga sizni şunday mukofotladi”, deyişdi. Hamkasblarim va qöşnilarim tabriklaşmoqda, hamma men uçun juda xursand”.