Cevipof va Ipsos-Sopra Steria hamkorligida ötkazilgan sörovga köra, Fransiya aholisining 4 foizigina mamlakat prezidenti Fransua Ollandning harakatlaridan rozi.

Le Figaro naşrining xabar qilişiça, sörovda 17 mingdan ortiq kişining fikri örganilgan. Ulardan 3 foizi Ollandni «umuman olganda ma'qullaydi», faqat 1 foizlik kişi Ollandning amalga oşirayotgan işlaridan «töla qoniqiş» hosil qiladi.

Öz navbatida, respondentlarning 70 foizi prezident harakatlaridan noroziligini bildirgan. 26 foiz kişi Fransiya prezidenti olib borayotgan siyosatga aniq baho bera olmagan.

Iyun oyida Fransua Ollandning nufuzi keskin darajada pastlagani ma'lum bölgandi.