Toşkent şahrida X Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi boşlandi.
Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida mamlakatimizning barça tarmoqlari va yetakçi korxonalari iştirok etmoqda. Iştirokçilar özlari işlab çiqarayotgan yoki özlaştirilişi rejalaştirilayotgan mahsulotlar, sanoat kooperatsiyasi orqali mahalliylaştirişga taklif qilinayotgan mahsulotlar turlari hamda istiqbolli loyihalari bilan qatnaşmoqda. Barça viloyatlar özlarida mavjud bölgan, biroq hali talab darajasida foydalanilmayotgan iqtisodiy, moliyaviy, mehnat resurslarini va istiqbolli loyihalarni taklif etmoqda. Bu haqda ÖzA xabar berdi.
2007 yildan buyon har yili ötkazilayotgan mazkur tadbirlar Birinçi Prezident Islom Karimovning 2007 yil 12 noyabrdagi «Içki tarmoq va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada kuçaytiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni, 2013 yil 29 yanvardagi «Mamlakatimizda işlab çiqarilgan mahsulotlarning raqobatdoşliligini yanada oşiriş va tovarlarni respublikaga noqonuniy olib kirişga qarşi kuraşni kuçaytiriş töğrisida»gi qarori va Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 3 martdagi «2016 yilda Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasini taşkil etiş va ötkaziş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaroriga binoan taşkil etiladi.
Ötgan ön yil davomida mazkur tadbirlar öz samarasini bergani bois mahsulotlar turi 20 mingdan oşib, iştirokçilar 7 barobar, şartnomalar tuzilişi 11 barobar ösdi. 2015 yilda Germaniya, Buyuk Britaniya, Çexiya, Kanada, Xitoy, Koreya, Yaponiya, Hindiston, Turkiya kabi 55 mamlakatdan bir ming uç yuzdan ortiq kompaniya vakillari iştirok etib, 8,3 milliard dollarlik şartnomalar imzolangan.
Bu yil Özbekistondagi 2 ming 500 dan ortiq korxona, kompaniya, taşkilot va kiçik biznes sub'yekti öz mahsulotlari bilan iştirok etmoqda. Xorijlik qatnaşçilar soni esa 1 ming 300 nafardan oşdi. Unda maşinasozlik, avtomobilsozlik, elektrotexnika, quriliş, metallurgiya, kimyo, neft-gaz, oziq-ovqat va yengil sanoat, farmatsevtika kabi sohalarga doir 24 ming turdan ortiq tayyor mahsulot, butlovçi buyum va materiallap namoyiş qilinmoqda.












