Germaniyada Yevropa Ittifoqiga 4 rafiqasi va 23 farzandi bilan kelgan suriyalik qoçqin bir yil içida umumiy miqdori 360 ming yevrodan köproqni taşkil qiladigan turli nafaqalar olgan. Bu haqda Rhein-Zeitung naşriga iqtibos keltirgan holda The Sun xabar bermoqda. 

Germaniyada köpxotinlik noqonuniy bölgani sababli qoçqinlar bilan işlaş markazida Gazia A. ismli bu erkakka bir rafiqasini "asosiy", qolganlarini esa "döstlar" deb rasmiylaştiriş taklif qilingan.

The Sun naşrining xabar berişiça, suriyalik Germaniyaga 2015 yilda kelib bir kun ham işlamagan. "Bizning din böyiça men har bir oilamdan xabar olib turişim kerak. Şuning uçun men deyarli butun vaqtimni ular bilan ötkazaman", deb aytgan suriyalik va işga joylaşiş imkoniyati berilganda xursand bölişini qöşimça qilgan. 

2011 yilda Suriyada uruş boşlangunga qadar bu suriyalik garajlar va avtomobillarni ijaraga beriş xizmatiga ega bölgan.

2015 yilda Germaniyaga Yaqin Şarq va Şimoliy Afrika davlatlaridan 1,1 mln dan köproq muhojir kelgan.