Bloomberg agentligi 23-oktabr kuni masaladan xabardor manbalarga tayanib xabar berişiça, Germaniya mudofaa vazirligi AQŞning Covenant kompaniyasidan bir neça mingta yerdan uçiriladigan Anthem raketasini xarid qiliş böyiça muzokara ötkazmoqda. Ehtimoliy şartnoma qiymati bir milliard yevrodan oşişi mumkin.

Covenant 2027-yildan Germaniyaning Leypsig şahrida Anthem raketalari uçun butlovçi qismlar işlab çiqarişni boşlaşni rejalaştirgan. Kompaniya dastlabki yilda mingta raketa çiqarişni, keyinçalik işlab çiqariş hajmini beş mingtaga yetkazişni közlamoqda.

Berlin körib çiqayotgan boşqa ehtimoliy yetkazib beruvçilar orasida Ruta qanotli raketalarini işlab çiqaruvçi Niderlandiyaning Destinus SA kompaniyasi ham bor. Germaniya va Britaniyaning Hypersonica kompaniyasi esa HS1 gipertovuşli raketasini yaratiş ustida işlamoqda.

Agentlik suhbatdoşlarining aytişiça, Ukraina bilan «Bars» qanotli raketalarini birgalikda işlab çiqariş va xarid qiliş yuzasidan ham maslahatlaşuvlar ötkazilmoqda. Bloomberg uşbu raketalarni işlab çiqaruvçi haqida maʼlumot berilmaganini qayd etgan.

Muqobil variantlarni izlaş AQŞdan Tomahawk raketalari va ularni yerdan uçirişga möljallangan Typhon qurilmalarini oliş rejalari keçikişi mumkin bölgan şaroitda keçmoqda. Agentlik maʼlumotiga köra, yetkazib berişdagi keçikiş beş yilgaça çözilişi ehtimoli bor.

Xabarda qayd etilişiça, Germaniya qurolli kuçlarining uşbu toifadagi mavjud qurollari asosan samolyotdan uçiriladigan, taxminan 500 kilometr masofaga yeta oladigan TAURUS qanotli raketalaridan iborat.

Hozirça gap ehtimoliy xaridlar va muzokaralar haqida bormoqda. Bloomberg keltirgan maʼlumotlarda yakuniy şartnomalar imzolangani aytilmagan.