Belgiyaning taxtdan voz keçgan 82 yoşli sobiq qiroli Albert II nikohsiz qizi — 48 yoşli Delfina Boelning otasini aniqlaş böyiça olib borilayotgan iş doirasida sudga çaqirilgan. Bryussel birinçi instansiya sudi eşituvlari 2017 yil 21 fevralga belgilangan. Bu haqda Le Soir xabar bergan.

Albert II 2013 yilning 21 iyul kuni hokimiyatdan voz keçib, taxtni katta öğli Filippga topşirdi, ammo rasman qirol unvonini saqlab qoldi. Taxt bilan birga Albert II sud immunitetidan ham ayrilgan.

Boel xonim işi böyiça sud jarayoni 2013 yilning iyunida boşlangandi.

Naşr ma'lumotiga köra, sud instansiyasi birinçi marta Belgiya qirolini eşituv işiga çaqirdi.

Delfina Boel u Albert II ning benikoh tuğilgan farzandi sifatida rasman tan olinişini talab qilmoqda va buning uçun DNK tahlillarining ötkazilişini söramoqda. Agar u Albert II ning qizi deb tan olinsa, sobiq qirol merosining bir qismiga da'vo qilişi mumkin, ammo qirollik oilasiga qöşilmaydi.