Filippin Rodrigo Duterte çorşanba kuni Yaponiyaga uyuştirgan safari vaqtida Tokiodagi vatandoşlari bilan uçraşdi. U bu uçraşuv vaqtida özini tanqid qilayotgan Ğarb mamlakatlari siyosatçilarini "tentaklar" deb atagan. Bu haqda Yaponiyadagi Kiodo agentligi xabar berdi.
Tokioga kelişi bilan Filippin rahbari Yaponiyada yaşab kelayotgan minglab filippinliklar bilan uçraşgan. Filippinliklar uni iliq kutib olişgan. Tokiodagi mehmonxona zallari uçraşuvga kelganlarning barçasini siğdira olmagaç, yuzlab kişilar prezidentning sözlarini tinglaş uçun köçada turişga rozi bölgan.
Duterte Yaponiya Filippinning "asosiy yordamçisi" ekanini qayd etgan va Yaponiya tomonidan öziga nisbatan yomon sözlar aytilmayotganini e'tirof etgan.
Şu bilan birga u AQŞ va Ğarb mamlakatlari vakillariga qarata ayovsiz sözlarini yöllagan.
"Yevroittifoq va AQŞ menga hujum qilişmoqda. Ular aytişmoqdaki, giyohvandlikka qarşi tadbirlar doirasida 3 ming kişi halok bölgan. Bu tentaklar heç narsani tuşunmaydi. Filippinda 3 million narkoman bor. Mana raqamlar qanaqa", — degan Duterte.
Yaponiyada 230 ming filippinlik yaşaydi. Filippinda prezident nufuzi 86 foizga yetgan.
Yaponiyadagilar Filippinning Xitoy bilan yaqinlaşuvi hamda yaponlarning eski ittifoqçisi AQŞ bilan munosabatlarni yomonlaştirişidan taşvişga tuşişgan. Bu masala Janubiy Xitoy dengizidagi xavfsizlik va mintaqadagi boşqa muammolarga ham taalluqlidir.
Duterte işçi taşrif davomida Yaponiya TIV rahbari Fumio Kisido bilan uçraşgan. Tomonlar döstona aloqalarni davom ettiriş tarafdori ekani ta'kidlangan. Duterte taşrif davomida Yaponiya boş vaziri Şinzo Abe bilan ham uçraşdi.
Şu yilning mayida Filippin prezidenti etib saylangan Rodrigo Duterte ilk kunlardanoq giyohvandlik muammosiga qarşi keng kölamli kuraş boşladi. Politsiya ma'lumotlariga asosan, uning hokimiyat tepasiga kelganidan buyon 3 ming kişi giyohvand moddalar savdosiga aloqadorligi uçun öldirilgan.
Xalqaro hamjamiyat Filippin hukumatining bu siyosatini qattiq qoralab kelmoqda.

















