Fransiya shimolida joylashgan Kale shahridagi muhojirlar lagerida yangi yong‘in chiqdi. Bu haqda francetvinfo portali xabar bermoqda.
Voqea joyidan olingan suratlarda lagerni tark etayotgan muhojirlar safini va lager osmonida qora tutun bursiqayotganining guvohi bo‘lish mumkin. Voqeaga guvoh bo‘lganlarning ma'lum qilishlaricha, yong‘in maydoni kengayib bormoqda.
“Jungley” deb nomlanadigan muhojirlar lagerida tartibga solish ishlari 24 oktabrdan boshlangan edi. Ayni damga qadar lagerning sobiq yashovchilaridan 4 ming nafardan ziyodi o‘zlariga boshpana topishga muvaffaq bo‘lishgan.
25 oktabrdan ishchilar va maxsus texnikalar yo‘naltirilgan lager ishlari boshlab yuborilgan.
Fotojamlanma: Fransiya hukumati Kaledagi «Jungli»dan muhojirlarni ko‘chirmoqda














