Şimoliy Koreya TIV prezident Barak Obama rahbarligidagi Amerika ma'muriyatini "banditlarning noqonuniy guruhi" deb atadi. Rasmiy Pxenyan AQŞ davlat kotibi Jon Kerrining KXDRni "noqonuniy tuzum" deganiga şunday javob bergan. 

"Kerri ham kiruvçi Obama tödasi — bu banditlarning noqonuniy tödasidir, çunki ular özlari norozi bölgan suveren mamlakatlardagi qonuniy hukumatlarni kuç bilan ağdaradi. Ular, allaqaçon, dunyoning turli mintaqalarida ön minglab begunoh insonlarni yöq qildi", — deyiladi KXDR TIV rasmiy vakili bayonotida. 

Diplomatlarning qayd etişiça, AQŞ Şimoliy Koreyaga "noqonuniy tuzum" yorliğini yopiştirişga naqadar urinmasin, bu "KXDR davlatining birligi, jipsligi va tengsiz ulkan qudratini namoyiş etuvçi strategik qaraşini barbod qila olmaydi".