Jahon | 10:23 / 26.10.2016
5924
2 daqiqa o‘qiladi

WSJ: Britaniya Estoniyaga harbiylarini jo‘natadi

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Maykl Fellonning ma'lum qilishicha, Birlashgan qirollik 2017 yil bahorida Estoniyaga zirxli texnikalarga ega, jangovar batalonni yuboradi, deb yozmoqda Wall Street Journal nashri.

«Batalon mudofaa maqsadiga qaramay, biroq u to‘liq jangovar bo‘ladi», — degan Fellon. 

Vazirning qayd etishicha, Estoniyaga jami 800 nafar harbiy, jangovar dronlar, Challenger 2 tanklari va boshqa turdagi zirxli texnikalar yuboriladi. Britaniya harbiylari Estoniyada Fransiya va daniyalik hamkasblari bilan birlashadi. 

Fellonning izohlashicha, NATO Boltiq dengizi mintaqasiga qurolli bo‘linmalarini joylashtirish bilan mudofaa kuchlarini kengaytirayotganini namoyish etmoqchi. 

«Gap ikki narsa haqida bormoqda. Ishonch – bu keng qamrovli safarbarlik bilan amalga oshiriladi. Va saqlash. Bu shunchaki simlarni taranglashtirish emas, ... bu jiddiy harbiy mavjudlik», — deb qo‘shimcha qilgan Britaniya mudofaa vaziri. 

Easlatib o‘tamiz, NATO mudofaa vazirlari 26-27 oktabr kunlari Bryusselda bo‘lib o‘tuvchi sammitida Boltiq mamlakatlari va Polshada ko‘pmillatli harbiy batalonlarni joylashtirish, Ruminiya va Bolgariyada hozir bo‘lish, hamkorlarni, xususan IShIDga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlash hamda YeI bilan hamkorlik masalalarini muhokama etadi.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid