Narkotiklar savdosini taşkillaştirişda ayblangan britaniyalik özini politsiya qöliga topşirdi. Uning aytişiça, mamlakatda eng jiddiy darajada qidiriluvçi jinoyatçilar röyxatida böliş unga oğirlik qilgan.

Liverpullik 53 yoşli Robert Jyerrard 2014 yilning fevral oyidan beri jazodan yaşirinib yurgan edi.

U öz advokati yordami bilan özi qölga olingan Mançester şahrida joylaşgan jinoyatçilikka qarşi kuraşiş milliy agentligi vakili bilan uçraşişga muvaffaq bölgan.

Unga kokain giyohvandlik moddasi kontrabandasi bilan şuğullaniş aybi qöyilgan va u noyabr oyida sud qarşisiga keltiriladi.

Bu şu hafta qölga olingan Britaniyada qattiq qidirilayotgan jinoyatçilarning uçinçisidir. Ulardan biri yoş bolalarni zörlaşda ayblangan Metyu Semmon va ikkinçisi Ispaniyada qölga olingan, nomusga tegişda ayblangan Muhammad Alamdir.