Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kerri: Suriya muammosini hal qilish hayotimdagi eng murakkab vazifa
AQSh davlat kotibi Jon Kerrining iqror bo‘lishicha, Suriyadagi harbiy mojaroga barham berish vazifasi umri davomida duch kelgan eng mushkul diplomatik muammodir, deb xabar qilmoqda «Interfaks» agentligi.
Bu haqda siyosatchi xalqaro munosabatlar bo‘yicha Chikago kengashida qilgan ma'ruzasida so‘z yuritgan. Shu bilan birga, Kerri muammoni hal qilish chorasi topilishiga umid bildirgan.
«Ishonamanki, alaloqibat, Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng og‘ir gumanitar inqirozning yechimini topamiz. Uni qochqinlarga pul berish bilan hal etib bo‘lmaydi», — deya ta'kidlagan Kerri.
Kerri, shuningdek, «qochqinlar oqimini to‘xtatish lozimligini, urushga nuqta qo‘yish kerakligini» qo‘shimcha qilgan.
«Bu men duch kelayotgan eng murakkab diplomatik vazifadir», — deya xulosa qilgan Kerri.
Avvalroq, Jon Kerri, Suriya mojarosini Rossiya va Eron ishtirokisiz hal etib bo‘lmasligini aytgandi.
Mavzuga oid
22:58
AQShda Tramp tasvirlangan 1 dollarlik tanga chiqariladi
22:07
Rossiyada migrantlar harakatini kuzatish uchun telefon sotib olishga majburlanishi mumkin
20:20
Tramp Erondagi ko‘priklar va elektr stansiyalarini portlatish bilan tahdid qildi
18:51