Microsoft kompaniyasi özining birinçi monobloki Surface Studiöni taqdim qildi. Qurilmaning öziga xos jihati körsatiş qobiliyati 4500 ga 3000 piksel bölgan 28 dyuymli sensor ekrani hisoblanadi. Bu haqda 26 oktabrda bölib ötgan taqdimotda kompaniya vakillari ma'lum qilişdi.
Yangi qurilmaning yana bir jihati 1,3 mm qalinlikdagi xromlangan ramkasi böldi. Microsoft muhandislari ğoyasi böyiça, ramka ekranga töğridan qaralganda yöqolişi va monoblokni "piksellardan iborat varaqqa" aylantirişi kerak. Qurilmaning qalinligi 12,5 mm ni taşkil qiladi.
Kompaniyada ta'kidlanişiça, qurilma ekrani yaratilgan LCD-displeylar içida eng yupqasi hisoblanadi. U 13,5 mln pikselga ega va bu körsatkiç 4K-televizorlar bozoridagi mavjud istalgan displeydan 63 foizga köproqni taşkil qiladi.
Qurilmaning barça detallari örnatilgan alohida korpusning içida 4 yadroli Intel Core i7 protsessori, DDR4 standartidagi 32 Gb tezkor xotira, Nvidia GTX 980M videokartasi va 2 Tblik SSD-disk joylaşgan.
Qurilmaning dastlabki narxi 2999 dollarni, maksimal narxi esa 4199 dollarni taşkil qiladi. Microsoft qurilmaning qimmatligini u matn, tasvir, video va 3D-grafika bilan işlovçi professionallarga möljallangani bilan tuşuntirgan.












