Yevroittifoqning internetdagi ma'lumotlar maxfiyligi saqlanişini kuzatuvçi rasmiy nazorat organlari Facebook va WhatsApp'dan foydalanuvçilar haqidagi ma'lumotlar almaşinuvini vaqtinçalik töxtatişni talab qilişdi. Bu haqida Bloomberg naşri xabar berdi. 

Yevropa nazoratçisi WhatsApp'dan foydalaniş qoidalarining özgarişi hamda messenjerga foydalanuvçilar haqidagi ma'lumotlarni Facebook'ga uzatiş imkoni berilişi munosabati bilan "jiddiy şubha"ga borayotganini qayd etdi. YeI hukumat vakillari fikriça, foydalanuvçilar servisni qöllay boşlaganlarida bunday şartlarga rozi bölişmagan. 

WhatsApp'ning yangi şartlari 2016 yilning noyabrida nazorat organi majlisida muhokama qilinadi. Bu borada yakuniy hukm çiqarilgunga qadar Yevropa Ittifoqi a'zolari kompaniyadan ma'lumot almaşişni töxtatib turişni talab qilişdi.  Messenjer vakillari kompaniya barça zarur me'yorlarga amal qilayotgani va YeI nazoratçilari bilan konstruktiv muzokaralar olib borayotganini ta'kidlaşdi.