Germaniya Litvaning Rossiyaning Kaliningrad viloyati bilan chegaradosh qismidagi NATO bazasiga «Leopard-2» rusumli tanklarini yo‘llaydi. Bu haqda GFR Mudofaa vazirli matbuot xizmati vakili Tomas Fryu ma'lum qilgan.

«Haqiqatdan tanklarni yuborish haqidagi qaror mavjud. Lekin qancha miqdordagi tanklarni jo‘natish aniq emas», — deya Fryuning so‘zlarini keltirgan TASS.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tanklardan harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishda foydalaniladi.

GFR mudofaa vazirligi vakilining qayd etishicha, tanklarni jo‘natishdan asosiy maqsad — «mavjudlikni ko‘rsatish».