Mercedes-Benz kompaniyasi öz tarixidagi ilk pikapni yaratdi. X-Class premium modeli hozirça kontsept-kar maqomiga ega, uning seriyali işlab çiqarilişi 2017 yildan yölga qöyiladi. Bu haqida 27 oktabr, payşanba kuni Luxurylaunches ma'lum qildi. 

Avtomobil V6 dizel va yoqilği dvigatellariga ega bölib, rusum sedanlaridagi xavfsizlik tizimlari bilan ta'minlanadi. 

Maşina ikki versiyada namoyiş qilingan: oq va sariq ranglardagi stylish explorer hamda powerful adventurer. 


Foto: Mercedes-Benz

Mercedes-Benz’ning yangi mahsulotlaridan biri — Generation EQ. Maşina 2016 yil sentabr oyi oxirlarida Parijdagi xalqaro avtosalon vaqtida namoyiş etildi.

Avtomobil öz segmentida Audi e-tron quattro, Jaguar E-Pace va Tesla Model X’lar bilan raqobatlaşa oladi. Maşinaning aerodinamik kuzovi kumuş rangga böyalgan, kontsept-karda eşik uşlagiçlari yöq, orqa oyna esa tasvirni maxsus monitorlarga uzatuvçi kameralarga almaştirilgan.