Şvetsiya prokuraturasi WikiLeaks sayti boş muharriri Julian Assanjning dafn marosimiga taşrif buyurişi munosabati bilan hibsga oliş orderini ma'lum bir muddatga bekor qilib turişi töğrisidagi iltimosini rad etdi. 

«Prokuror bu iltimosni rad etdi. Bunga Şvetsiya qonunçiligida ruxsat berilmaydi», — deb prokuratura ma'lumotidan iqtibos keltirgan TASS agentligi. 

WikiLeaks asosçisi va boş muharriri 2012 yildan buyon Ekvadorning Londondagi elçixonasida yaşab keladi.

Şvetsiyada unga nisbatan nomusga tegiş aybi qöyilgan va hibsga oliş haqda order berilgan.