Biologlar xalqaro jamoasi soğlom siçqonlarda qariş jarayonini sekinlaştiruvçi tabiiy birikmani aniqlaşdi. Şu mavzudagi tadqiqot Cell Metabolism jurnalida çop etildi. 

Yangi tadqiqotda olimlar kemiruvçilar organizmida  NAD kofermenti sintezi uçun hujayralarning energiya almaşinuvida iştirok etuvçi NMN nukleotiddan foydalanişga muvaffaq bölişdi. Bu moddani jonivorlarga töğridan-töğri yuborişning iloji yöq. 

NAD birikmasi yoğlar va uglevodlarning töyinişida qatnaşadi, biroq uning sintezi yoş ötgan sari DNKga ziyon yetişi natijasida sekinlaşadi. Xususan, koferment tana massasi töplaş,  insulinga nisbatan sezuvçanlikning yöqolişi va jismoniy faollikning kamayişiga tösqinlik qiladi. 

"Biz qariyotgan siçqonlarda kuzatiladigan fiziologik pasayişni sekinlaştiriş usulini namoyiş qildik", - dedi tadqiqot hammuallifi San-Itiro Imai. — Bu qari siçqonlarda taxminan yoş jonivorlardagidek moddalar almaşinuvi va energiyaga erişilişini anglatadi". 

Siçqonlar iştirokida ötkazilgan tajribalar suvda eruvçan NMN uç daqiqa davomida qonga sörilib ketişini körsatdi.  Mutaxassislarning ta'kidlaşiça, yoş siçqonlarning NMN qabul qilişi sezilarli samara bermagan.

Olimlarning fikriça, inson organizmidagi moddalar almaşinuvi siçqonlardagi kabi keçişi tufayli yangi tadqiqotda olingan xulosalar odamlar uçun ham töğri keladi. Yaponiyada NMN'li preparatlarni sinovdan ötkaziş işlari boşlab yuborildi. Bu birikma, olimlarning sözlariga köra, bir qator oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, brokkoli, karam, bodring va avokadoda ham mavjud.